Turk dunyosi adabiyotining 100 jildlik toʻplami taqdimoti boʻlib oʻtdi

    Madaniyat 22 Noyabr 2022 936

    Toʻplamni tayyorlashda 200dan ortiq tarjimon, 100dan ortiq adabiyotshunoslar, yozuvchilar jalb etildi.

    Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tashkil etildi.

    Turkiy davlatlar hamkorligi kengashining 2019-yil 15-oktyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Boku shahrida oʻtkazilgan yettinchi sessiyasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Turk dunyosi adabiyotining 100 jildlik toʻplamini tayyorlash taklif qilingan edi.

    Ushbu toʻplam Oʻzbekiston, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon hamda tashkilotga kuzatuvchi maqomida boʻlgan Turkmaniston va Vengriyalik 11-21-asrlarda yashab ijod qilgan 629 nafar shoir, yozuvchi va mutafakkirlarning asarlaridan tashkil topgan.

    Ushbu toʻplamni tayyorlashda 200dan ortiq tarjimon, 100dan ortiq adabiyotshunoslar, yozuvchilar jalb etildi. Toʻplam 200 ming tirajda chop etilishi moʻljallangan.