Davlat tomonidan ko‘rilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari tufayli turizm yo‘nalishi ulkan investitsiyaviy salohiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Uchrashuv davomida ushbu sohadagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi, jumladan, turk investorlari tomondan aniq loyihaviy takliflar taqdim etildi. Bildirilgan g‘oya va tashabbuslar har tomonlama o‘rganildi, qo‘shimcha takliflar berildi va o‘zaro manfaatli hamkorlik mexanizmlari yuzasidan kelishib olindi.

O‘zbekiston tomoni turk tadbirkorlarining mamlakatimizda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishga intilayotganligini olqishlab, loyihalarni amalga oshirishda amaliy ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida ko‘rib chiqilgan loyihalarni maromiga yetkazish va ularni hayotga tatbiq etish bosqichiga o‘tish maqsadida hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.