Turkiya Madaniyat va turizm vaziri o'rinbosari Batuhan Mumju Germaniyaning poytaxti Berlinda 74-Xalqaro Berlin Film Festivali (Berlinale)da Turkiyada ishlab chiqarilgan seriallar Amerikadan Rossiyaga, Uzoq Sharqdan Lotin Amerikasiga qadar dunyoning 170 dan ortiq davlatida namoyish etilganini va tomoshabinlar esa taxminan 750 million kishiga etganini bildirdi.

– Vazirlik tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgan kinofil`mlar yurtimiz targ'ibotiga hissa qo'shmoqda. Biz ilgari ko'plab mukofotlarga sazovor bo'lganmiz, jumladan, Berlinaleda bosh mukofot bo'lgan Oltin ayiqni ham qo'lga kiritganmiz. Kinofil`mlar Berlin, Kann, Venetsiya, Toronto va Tokio kabi dunyoning eng muhim xalqaro kinofestivallarida qatnashib  kelmoqda.  Biz bunga katta ahamiyat beramiz va kino ishlab chiqarishni ham xalqaro vakillikni ham oshirishga yordam berishda davom etamiz”,- dedi Batuhan Mumju.

Festival doirasida ochilgan Turkiya stendida sektorning xorijlik vakillariga turk fil`mlarini taqdim etganliklarini ma'lum qilgan Mumju: “Kino ijodkorlarimizning hamkorlikda ishlab chiqarish va boshqa hamkorlik uchrashuvlariga mezbonlik qilmoqdamiz. Ushbu uchrashuvlar yangi hamkorlikda kinolar olish va yangi imkoniyatlarni rivojlantirish uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, bu erda fil`mlarimizning xorijga sotilishi amalga oshirilmoqda va bu biz uchun juda muhim ahamiyatga ega”, - dedi.

"2025 yilda Istanbulda "Seriallar va teleko'rsatuvlar yarmarkasi" tashkil qilamiz"

Mumju seriallar Turkiyaning dunyoda tan olinishiga katta hissa qo'shganini ta'kidlab: “Shuning uchun biz bu qadar katta ta'sirga ega bo'lgan serial sohamiz bilan hamkorlikda muhim ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Biz dunyodagi eng muhim teleseriallar va kontent yarmarkalaridan biri bo'lgan MIPCOM, MIPTV, ATF Singapore, Content America va Dubai TV Series and Content Fair kabi tadbirlarda mamlakat stendlarini ochishni qo'llab-quvvatlaymiz va o'z seriallarimizni butun dunyoga taqdim etamiz. Nasib qilsa, 2025 yilda Istanbulda teleseriallar va teleko'rsatuvlar ko'rgazmasini tashkil qilamiz. O'ylaymizki, bu o'z sohasidagi eng muhim tadbirlardan biri bo'ladi”, - dedi.

“Tomoshabinlar sonining o'tgan yilga nisbatan 30 foizga o'sib, 40 milliondan oshib ketishini taxmin qilmoqmiz."

Mumju pandemiya tufayli kinoteatrlar uzoq vaqt eshiklarini yopishga majbur bo'lganini va butun dunyoda bo'lgani kabi Turkiyada ham tomoshabinlar sonida katta pasayish kuzatilganini ta'kidladi. 

– Ushbu jarayon davomida kinoteatrlar faoliyatini davom ettirishlari uchun 32 million liralik yordam berdik. Bundan tashqari, G'aznachilik va Moliya vazirligimiz bilan hamkorlikda 10 foizlik "O'yin-kulgi solig'i"ni 0 foizga tushirdik va shu bilan 2023-yilda sektorga 278 million liralik yordam ko'rsatdik", - dedi u. – Shunday qilib, biz xususiy muassasalarga chegirmali chiptalar xarid qilishiga yo'l ochdik. Ushbu tartib 2024 yilda tomoshabinlar soniga katta hissa qo'shishiga ishonamiz. Kino sohamiz bu yilni juda yaxshi boshladi. Tomoshabinlar soni 2024 yilning fevralida o'tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga oshgan. 2024 yilda tomoshabinlar soni 40 milliondan oshadi, bu o'tgan yilga nisbatan 30 foizga o'sishini bashorat qilmoqdamiz. Umid qilamizki, biz sanoatimiz bilan yilni ajoyib o'tkazamiz.

"Kelgusi davrda Turkiyada ko'plab yangi fil`mlar olinishiga mezbonlik qilamiz"

Vazir o'rinbosari Turkiyada xorijiy filmlar suratga olish ishlariga ham to'xtalib, Turkiyaning boy tarixi va tabiiy go'zalliklari bilan tabiiy plato xususiyatiga ega ekanligini ta'kidladi.

– 300 ga yaqin quyoshli kunlar soni, turli suratga olish joylari, raqobatbardosh narx ustunligi, ilg'or texnik infratuzilma, tajribali va malakali ishchi kuchi va rag'batlantirish tizimi bilan kino ijodkorlariga katta afzalliklarni taqdim etadi. Ushbu afzalliklarga qo'shimcha ravishda mamlakatimiz raqobatbardoshligini oshirish maqsadida mamlakatimizda fil`m suratga oladigan xorijlik kinoijodkorlar Turkiyada sarflagan mablag'ining 30 foizigacha miqdorini qaytarib olishlari mumkin bo'lgan “Xorijiy fil`m olishni qo'llab-quvvatlash” dasturini amalga oshirdik, - dedi u. – Shuningdek, dunyo yulduzlari ishtirok etgan juda muhim fil`mlarning Turkiyada suratga olinganiga e'tiborini qaratdi.