“Turkish Open” turnirida hamyurtlarimiz sakkizta medalni qoʻlga kiritdi

    Sport 13 Mart 2021 1296

    Turkiyada taekvondo boʻyicha terma jamoamiz uchun yilning ilk xalqaro turniri yakunlandi. Quvonarlisi, hamyurtlarimiz ushbu musobaqani sakkizta medal bilan yakunlashdi.

    Xabar berganimizdek, bugun boʻlib oʻtgan bellashuvlarda Nikita Rafalovich -80 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan edi. Ushbu vaznda bahs olib borgan Shuhrat Salayev, shuningdek, Shohsanam Aʼzamova (-46 kg) hamda Madinabonu Mannopova (-49 kg) bronza medali bilan taqdirlanishdi.

    Eʼtiborli jihati, joriy musobaqada finalgacha borgan 3 nafar taekvondochimiz hal qiluvchi janglarni ham muvaffaqiyatli yakunlashdi. Shu tariqa jamoamiz oʻzi ishtirok etgan yilning ilk musobaqasida 3 ta oltin va 5 ta bronza, jami 8 ta medalga sazovor boʻldi.

    “Turkish Open” gʻolib va sovrindorlari:
    Oltin – Ulugʻbek Rashitov
    Oltin – Nigora Tursunqulova
    Oltin – Nikita Rafalovich
    Bronza – Charos Qayumova
    Bronza – Shohruh Rajabov
    Bronza – Madinabonu Mannopova
    Bronza – Shohsanam Aʼzamova
    Bronza – Shuhrat Salayev

    Terma jamoamiz ertaga 19:00 da Toshkentga qaytib keladi.