Unda Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisi raisi N.Nigmatulin, Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi raisi S.Gafarova, Qirgʻiziston Respublikasi Jogorku Keneshi Toragʻasi T.Mamitov, Turkiya Buyuk Millat Majlisi Spikeri M.Shentop, Vengriya Milliy yigʻilishi Spikerining oʻrinbosari M.Matray hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U.Inoyatov qatnashib soʻzga chiqdilar.

Tadbirda doimiy komissiyalar hujjatlari va yangi namunaviy qonunlar muhokama qilindi. Turkiy tilli davlatlar parlament Assambleyasining keyingi yalpi majlisi Qirgʻiziston Respublikasida boʻlib oʻtadigan boʻldi.

Majlisda Turkiston deklaratsiyasi qabul qilindi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.