Katta formatdagi arxiv fotosuratlari ularni raqamlashtirish va qayta ishlash Oʻzbekiston ilmi va madaniyati tarixidagi eng yirik loyihalardan biriga aylanadi.
Albomlarda XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Oʻzbekiston xalqlarining anʼanaviy madaniyati xilma-xilligi toʻgʻrisida ikki yuzdan ortiq fotosuratlar toʻplanadi.
Mintaqamizning noyob qiyofasini Samuil Dudin, Xudoybergan Devonov, Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiy, Pol Nadarning hamda nomaʼlum fotosuratchilarning asarlaridan foydalaniladi.
Albomga Oʻzbekiston davlat arxivi va shaxsiy toʻplamlardan, Samarqand, Buxoro davlat arxitektura va sanʼat muzey-qoʻriqxonasi, Fargʻona viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Ichan-Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi toʻplamlaridan oʻrin olgan fotosuratlar jamlanadi.
“Oʻzbekiston madaniy merosi loyihasi” telegramm kanalining taʼkidlashicha, arxiv fotosuratlarida diyorimiz tarixi aks yetgan muhim voqealar, taniqli shaxslar, meʼmorchilik, tarixiy va arxeologik yodgorliklar aks yettirilgan, afsuski, ularning baʼzilari yoʻqolgan ...
“Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” loyihasining tadqiqot tashabbuslari Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirishga qaratilgan.