Turkiston viloyatida boychechak ochildi

    Yanvar oyida Turkiston viloyatida (Qozog'iston) boychechak gulladi.

    Sirdaryo-Turkiston hududiy tabiat bog'i hududida ilk boychechaklarni ko'rish mumkin.

    Boychechak Qozog'iston Qizil kitobiga kiritilgan. Chimkent va Turkiston viloyatlarida mikroiqlimning yumshoqligi tufayli boychechak har yili boshqa viloyatlarga qaraganda bu yerda ertaroq ko'karadi. Mamlakat shimolida boychechak faqat fevral oyining oxirida yoki mart oyining boshida gullaydi, deb xabar beradi tengrinews.kz.