Unda Turkiy davlatlar muftiylari, islomshunos olimlar, ekspert va diniy soha xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbir Qur'oni karim tilovati ila boshlandi.
Dastlab Turkiy davlatlar muftiylari tomonidan mazkur Kengash nizomi imzolandi.
Shundan so'ng Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bag'dod Amriev so'zga chiqib, turkiy davlatlar hamkorligining tarixi va bugungi kuni, turkiy xalqlarning Islom dini rivojiga qo'shgan hissasi, qardosh va dindosh davlatlarning istiqboli haqida so'zladi.
Marosimda so'zga chiqqan O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari ushbu Nizom turkiy xalqlar tinchligi va farovonligini mustahkamlash, mushtarak qadriyatlarni keng yoyish, o'zaro tajriba almashish va turli sohalardagi aloqalarni yanada ravnaq topishiga xizmat qilishini ta'kidladi.
Marosim yakunida ommaviy axborot vositalari bilan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Turkiy davlatlar muftiylari jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob qaytardi.
Tadbir ishtirokchilari Ozarbayjon davlatining tarixiy shahri Shushadagi tabarruk qadamjolarni ziyorat qildi. Bu haqida O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.