Bu haqda Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyati xabar qildi.
Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov mezbonlik qiladigan ushbu Sammitda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkiya va Oʻzbekiston prezidentlari, shuningdek, TDT kuzatuvchilari davlat/hukumat rahbarlari va TDT Bosh kotibi ishtirok etadi.
“Turk dunyosini mustahkamlash: Iqtisodiy integratsiya, barqaror rivojlanish, raqamli kelajak va barcha uchun xavfsizlik” shiori bilan oʻtkaziladigan Sammitda rahbarlar iqtisodiyot, savdo, raqamli transformatsiya, transport va xavfsizlik sohalaridagi TDT loyihalari bilan bogʻliq asosiy masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi, kelishuvlar imzolaydi va rasmiy hujjatlarni tasdiqlashadi.
Bundan tashqari, kun tartibidan mintaqadagi va undan tashqaridagi siyosiy va iqtisodiy oʻzgarishlarni muhokama qilish, shuningdek, aʼzo davlatlar va kuzatuvchilar oʻrtasidagi turli sohalardagi koʻp tomonlama hamkorlikka eʼtibor qaratiladi.
Rahbarlar, Turk dunyosi birligi va taraqqiyotini yanada mustahkamlash uchun mushtarak muammolarga qarshi kurashish va imkoniyatlardan foydalanish borasida fikr almashadilar. Sammit yakunlanishi bilan muddatli raislik Qozogʻistondan Qirgʻiziston Respublikasiga oʻtadi.
Yakunlash marosimida, davlat rahbarlari Bishkek deklaratsiyasini va bir qator muhim qarorlarni imzolaydilar. Sammit oldidan TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashi Bishkekda yigʻilib, kun tartibidagi masalalar va davlat rahbarlari tomonidan imzolanadigan hujjatlarni yakunlaydilar.