Turkiy kengashning yangi binosi oldida bayroqlar ko‘tarildi

    Hukumat 12 Noyabr 2021 5806

    Istanbul shahrida 12-noyabr kuni Turkiy kengash kotibiyatining yangi binosi oldida bayroq ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va qardosh mamlakatlar rahbarlari ishtirok etdilar.

    Tantanali ravishda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston hamda Vengriya, Turkmaniston va tashkilotning bayroqlari ko‘tarildi.

    Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an tadbir ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish muhim ekangini ta’kidladi hamda ushbu kotibiyat tashkilot maqsad va vazifalarini amalga oshirishda bundan buyon ham muhim o‘rin tutishiga umid bildirdi.

    Turkiy kengash kotibiyati joylashgan bino XIX asr boshida barpo etilgan hamda Istanbul shahrining Fotih tumanida joylashgan.