Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasining aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

    Xalqaro hamkorlik 23 Iyun 2021 467

    Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasining aʼzolari bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasining aʼzolari, Oliy Majlis Senati aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, “Yuksalish” umummilliy harakati rahbari ishtirok etdi.

    Tomonlar ikki mamlakat parlamentlararo munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

    Qayd etilganidek, mamlakatlarning parlament aʼzolari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish maqsadida muntazam ravishda delegatsiyalar tashriflari amalga oshirilmoqda, parlament aʼzolari qonun ijodkorligi faoliyatini oʻrganib, oʻzaro tajriba almashyapti.

    Ayni paytda ijtimoiy-siyosiy yoʻnalishlardagi aloqalar ham tobora rivojlanib boryapti.

    Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasining aʼzolari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarga, xususan, tadbirkorlikni rivojlantirish, logistika va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho berdi.

    Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, turistik, ilmiy, madaniy va boshqa yoʻnalishlardagi amaliy hamkorlikni, shu jumladan Turkiy tilli davlatlar PA doirasidagi oʻzaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari boʻyicha fikr almashildi.

    23-24-iyun kunlari Buxoro shahrida boʻlib oʻtadigan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik masalalariga bagʻishlangan xalqaro forum yuzasidan ishtirokchilar fikrlar bildirdi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.