Turkiyaning Izmir shahrida 23-28-avgust kunlari tibbiyot xodimlarining COVID-19 ga qarshi vaksinalarni ishlab chiqish jarayoni haqidagi bilim darajasini oshirish boʻyicha birinchi seminar boʻlib oʻtdi.
Mazkur seminar Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi koʻmagida tashkil etildi. Seminarda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya va Oʻzbekistondan vaksinalarni ishlab chiqish hamda COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash sohasida ilmiy tadqiqotlar bilan shugʻullanuvchi tibbiyot mutaxassislari bir stol atrofida birlashtirdi.
Uchrashuv doirasida shifokorlar vaksinalarning barqarorligini oʻrganish, faol boʻlmagan vaksinalarni yaratish va ishlab chiqarish bosqichlari, adenovirusli vektorli rekombinant vaksinalarni ishlab chiqish strategiyasi, oʻsimliklarga asoslangan rekombinant vaksinalarni ishlab chiqish, vaksinalarni klinik tadqiq etish mezonlari va DNKni tezkor rivojlanish strategiyalari kabi masalalarni koʻrib chiqdi.
Tadbirda Turkiya institutlari — Ixtisoslashgan muassasalar orasida Mehmet Akif Ersoy eksperimental tadqiqotlar va oʻqitish markazi, Egey universiteti tibbiyot fakulteti, Izmir biomeditsina va genom markazi, Xajettepe universiteti tibbiyot fakulteti, Akdeniz universiteti qishloq xoʻjaligi fakulteti mutaxassislari vaksinalarni ishlab chiqish boʻyicha tajribalari bilan oʻrtoqlashdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.