Tadbir avvalida Turkiy davlatlar tashkiloti tomonidan tuzilgan mazkur komissiya aʼzolarining uchrashuvdan koʻzlangan maqsadi turkiy tillar uchun umumiy alifbo loyihasini yakunlash ekani taʼkidlandi.
Yigʻilishda 1991-yili olimlar tomonidan taklif etilgan 34 harfdan iborat lotin yozuvi asoslangan umumturkiy alifbo loyihasi atroflicha muhokama qilindi. Komissiya aʼzolari keng munozara yuritib, loyihada eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlarni belgilab oldi.
Muhokamalar yakunida umumturkiy alifbo boʻyicha kelishuvga erishildi: alifbodagi har bir harf turkiy tillarda mavjud boʻlgan turli fonemalarni ifodalashiga alohida eʼtibor qaratildi.