Bu haqda Turkiyaning Haberler nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, kontrabandaga qarshi kurashish departamenti oltinni noqonuniy olib o'tishga urinish haqida oldindan ma'lumot olgan. 2-oktabr kuni aeroportdan chiqish joyida huquq-tartibot idoralari xodimlari ayollarni, shuningdek, ularni mashinada kutib olishga kelgan erkakni qo'lga oldi.
OAV ma'lumotlariga ko'ra, mashina va yo'lovchilarni ko'zdan kechirish chog'ida har biri 110 gramm bo'lgan 82 dona tilla quyma, 18 dona o'yin pristavkalari va kontrollerlari (Playstation), shuningdek, 3 dona smartfon olib qo'yilgan. Qo'shimcha tergov harakatlari o'tkazilgach, ayollarning jinsiy a'zolariga har biri 110 grammlik yana 84 dona oltin quyma yashiringani ma'lum bo'ldi.
Turkiya sudi qarori asosida jarohlik yo'li bilan ayollardan jami 9 kilogrammdan ortiq, ya'ni ularning har biridan 1,5 kilogrammdan ortiq oltin olib tashlandi.
Og'irligi 18 kilogramm 500 gramm bo'lgan barcha 166 ta oltin quymalarining umumiy bozor qiymati 55 million turk lirasini (yoki 1,5 million dollar) tashkil etdi. Izmir sudi ayol kuryerlarni va ular bilan uchrashgan erkakni hibsga oldi, deb xabar beradi news.obozrevatel.com.