Bu haqda Turkiya oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur O'zdemir Go'ktosh mahalliy telekanallardan birida ma'lum qildi, deya xabar berdi azertag.az.
Uning so'zlariga ko'ra, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqamini kiritib, keyin uni tasdiqlashlari kerak bo'ladi.
“Biz bolalar va o'smirlardan “tijorat obyekti” sifatida foydalanilishiga endi yo'l qo'ymaymiz. Maktab o'quvchilari internetga qaram bo'lib qolishmoqda, bu esa ularning o'quv natijalariga ta'sir ko'rsatadi. Ijtimoiy tarmoqlar ko'pincha bolalarda stressni keltirib chiqaradi”, dedi vazir va yangi tartib 2026-yil yanvar oyi oxirida joriy etilishini qo'shimcha qildi.