Lenta.runing xabar berishicha, bu haqda hukumat Sogʻliqni saqlash vaziri Faxretdin Kodja oʻz tvitter sahifasida keltirgan.

“Biz anchadan beri keskin oʻsishni qayd etmagan edik”, deydi u. Vazirning fikricha, yuqish xavfini kamaytirish va virusning salbiy oqibatlarini yumshatish uchun davlat barcha kuch va imkoniyatlarini ishga solishi kerak.

Maʼlumotlarga koʻra, 4-avgust kuni mamlakatda 1083 yangi holat qayd etilgan. Shundan 18 nafari vafot etgan, 994 nafari esa davolanmoqda.

Vazir markaziy va sharqiy mintaqalarda pandemiyaning kuchayishi sababli iyulning oxirida Turkiyada yangi cheklov choralarini koʻrishga ruhsat bergandi. Uning aytishicha, Istanbul va Izmirda zararlanish holatlari choʻqqiga chiqib, qaytgan. Lekin, baribir, toʻlqin davom etmoqda.

Rossiya 1-avgustdan Turkiyaga aviaqatnovlarni qayta tiklagan edi. 10-avgustdan esa boshqa kurort shaharlari — Antaliya, Bodrum va Dalamanga ham aviareyslar yoʻlga qoʻyiladi.

Shu kungacha Turkiyada 235 ming holat qayd etilgan boʻlib, 5,7 ming odam koronavirus asoratlari bilan vafot etgan.