баннер
28 Mar 2025
15:01

    Turkiya Egey dengizidagi zilzila tufayli sunamiga tayyorlanmoqda

    Egey dengizida yuz bergan zilzila fonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan sunami haqida ogohlantirish uchun Turkiyaning Bodrum viloyatida sirena tizimi o'rnatildi.

    Bu haqda 10-fevral, dushanba kuni Turkiyaning tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) ma'lumotlariga tayanib, NTV Harber telekanali ma'lum qildi.

    Hududga turli viloyatlardan AFAD guruhlari yetib keldi. Fuqarolarni ogohlantirish tizimi Seferixisar, Didim va Datcha qirg'oq hududlarida ham o'rnatildi.

    AFAD ma'lumotlariga ko'ra, zilzila Turkiya qirg'oqlariga eng yaqin joyda, 140 kilometr uzoqlikda sodir bo'lgan. Yer silkinishlari Kolumbo suv osti vulqoni hududida qayd etilgan. Agentlikning ma'lum qilishicha, Egey dengizidagi seysmik faollik oqibatlari Turkiyaga etib borishi va ayniqsa Kolumbo vulqoni otilishi sodir bo'lsa, tsunamiga sabab bo'lishi mumkin.

    Yanvar oyi oxiridan beri egey dengizida zilzilalar davom etmoqda. Yer silkinishlarini, xususan, Gretsiyaning Santorini (Tira) oroli aholisi his qildi. Oxirgi haftada orolning 15 ming aholisidan 13 ming nafari hududni tark etdi.

    Ikki yil avval, 2023-yilning 6-fevralida Turkiya janubi-sharqida 7,7 va 7,6 magnitudali ikki bor kuchli zilzila sodir bo'lgan edi. Tabiiy ofat oqibatida 53,5 ming kishi hayotdan ko'z yumgan edi, 107 ming kishi turli darajada jarohat olgandi, deb xabar beradi korrespondent.net.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech