Turkiya g'arbida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida bir kishi halok bo'ldi

    Turkiya g'arbidagi Balikesir viloyatining Sindirgi tumanida sodir bo'lgan zilzila oqibatida bir kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma'lum qildi.

    Uning so'zlariga ko'ra, vayronalar ostidan chiqarib olingan keksa erkak shifokorlarning urinishlariga qaramay hayotdan ko'z yumgan. Bino vayronalari ostidan yana bir necha kishi qutqarib olindi, jami 29 kishi jarohat oldi.

    Vazir tabiiy ofat hududida ikki kun qolishini ta'kidladi.

    Zilzila kuchi 6,1 magnitudani tashkil etgan, epimarkazi 11 kilometr chuqurlikda joylashgan, deb xabar berdi report.az.