Qayd etilishicha, Turkiyaning Izmir shahridagi restoranda propan balloni portlagan. Restoran va yon-atrofdagi binolarga jiddiy zarar yetgan.
Bu haqda viloyat rahbari Sulaymon Elban TRT Haber telekanaliga bergan intervyusiga tayanib abc NEWS maʼlum qildi.
Hodisa oqibatida turli darajada tan-jarohat olganlar shifoxonaga yotqizilgan.
Portlashdan soʻng, viloyat rahbari Sulaymon Elban yaradorlar holidan xabar oldi. Uning aytishicha, hodisa oqibatida jarohat olganlarning 40 nafari allaqachon tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib uylariga javob berilgan.
Xabarlarga koʻra, gumonlanuvchi hibsga olingan. U portlashdan bir kun avval restorandagi gaz ballonni almashtirgan.