Turkiya Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filialini ochishning tashkiliy jihatlari kelishib olindi

    Ta'lim 11 Iyun 2020 17962

    Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti (TOBB ETU) filialini ochish masalasi muhokama qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

    Muhokamalarda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti, ikki davlat diplomatlari, shuningdek, jurnalistlar ishtirok etdi.

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bazasida turk oliygohi filialini ochish boradagi dastlabki muzokaralar mamlakatimiz delegatsiyasining 4-7 mart kunlari Anqaraga safari davomida amalga oshirilgan edi.

    Bu galgi uchrashuvda tomonlar talabalarni qabul qilish shartlari, filial uchun o'quv, ilmiy-metodik qo'llanmalarga ega kutubxona fondini shakllantirishda hamkorlik, universitet veb-sahifasi, platformasi, shuningdek, “TOBB ETU” diplomlarini berish masalalari kelishib olindi.

    Suhbat asnosida ko'rilgan masalalar bo'yicha ikki tomonlama manfaatli echimga erishildi.

    Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari uyushmasining Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti o'z faoliyatini 2002 yilda boshlagan va bugungi kunda professorlar-o'qituvchi tarkibi bo'yicha kuchli oliy o'quv yurtlaridan biri sanaladi. Oliygoh tadbirkorlik va xalqaro darajada biznes yuritish yo'nalishida mutaxassislar tayyorlaydi. Oliygoh “2018 yilning yosh universitetlari: ming yillik oliygohlari” reytingida 32 o'rinni egallagan.