Turkiya Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetiga qabul boshlandi

    Ta'lim 29 Iyul 2020 5884

    Avval xabar qilganimizdek, 27-iyulda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Turkiya iqtisodiyot va texnologiya Universiteti oʻrtasida ushbu Oliy taʼlim muassasasining Toshkent filialiga talabalarni qabul qilish masalasi boʻyicha videokonferensiya shaklida matbuot anjumani boʻlib oʻtgandi.

    Bugun esa Turkiyaning mazkur universitetining Toshkent shahridagi filiali 2020-2021 oʻquv yilida ilk talabalarni qabul qilishni boshladi.

    Filial oʻz faoliyatini 2020-yil 14-sentyabrda quyidagi ikkita taʼlim yoʻnalishi bilan boshlaydi:

    • Elektron tijorat va texnologiyalarni boshqarish;
    • Xalqaro biznes va tadbirkorlik.

    Kirish imtihoni 2020-yil 15-avgustda boʻlib oʻtadi, deb xabar beradi SSP matbuot xizmati.