Ayni kunlarda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon Toʻxtasinov boshchiligidagi delegatsiya Turkiya oliygohlariga rasmiy tashriflarni amalga oshirmoqda.

Safarning birinchi kuni SamDCHTI rektori Ilhomjon Toʻxtasinov va Istanbul universiteti rektori Mahmut Aklar ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida keng qamrovli hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish, jumladan SamDCHTIda turk tili va adabiyotini oʻqitishni rivojlantirish hamda xorijliklarga oʻzbek tilini xorijiy til sifatida oʻqitish boʻyicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida oʻzaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

SamDCHTI Axborot xizmati