Turkiya janubidagi Adana viloyatida 4,1 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda 26-aprel kuni Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi (AFAD) ga tayanib, Anadolu agentligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, yerosti silkinishlari chorshanba kuni soat 07:48 da qayd etilgan.

Zilzila oʻchogʻi Saimbeyli tumanida boʻlgan. Manba 7 km chuqurlikda joylashgan, deyiladi korrespondent.net saytida.