Turkiya: koʻchada qolib ketgan qiz Oʻzbekistonga qaytarildi

    Turkiyaning Istanbul shahriga ammasining taklifiga binoan ishlash uchun joʻnab ketgan 21 yoshli qiz Oʻzbekistonga qaytarildi.

    Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

    Qayd etilishicha Istanbulga oʻz ammasining taklifi asosida ishlashga ketib, soʻng 2 kun mobaynida koʻchada uysiz qolib ketgan asli Jizzaxlik 21 yoshli (ayol kishi) fuqaroning vatanga qaytishi taʼminlandi.

    “Xalqaro oʻzbek sanoatchilari, tadbirkorlar va ilm insonlari jamiyati” aʼzolari homiyligida aviachipta va boshqa toʻlovlari qoplandi.

    Yordam bergan barchaga vatandoshimiz va konsulxona nomidan tashakkur bildiramiz, — deyiladi xabarda.