Turkiya kompaniyasi Toshloqdagi yangi loyihalarda hamkorlik qiladi

    Mamlakatimizda 30 Oktabr 2020 1436

    Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Joʻraboyev Turkiya Respublikasidan tashrif buyurgan “Gultas” kompaniya rahbari Oʻmar Gultash, kompaniya xodimi Xuseyin Uysal, qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislari Rasim Kachar va Xalil Undar Turkni qabul qildi.

    Uchrashuvda qishloq xoʻjaligi texnika va agregatlarini yetkazib berish va ushbu texnikalarni tumanda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish yuzasidan suhbat oʻtkazildi. Keyingi yillarda ekiladigan ekinlarning hosildorligini oshirish hamda tuproq iqlim sharoiti 3 xil toifadagi ekin yerlarida jami 600 gektar maydonda paxta yetishtirish uchun dastlabki kelishuvlar amalga oshirildi.

    Shuningdek, tumanda qoʻshma korxona ochish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish, qishloq xoʻjaligi mutaxassislarini oʻqitish, tuman paxtachilik klasteri bilan hamkorlikda yangi paxta navlarini yaratish, hosildorlikni 50 sentnerdan oshirish boʻyicha memorandum ham imzolandi.