Xorazm viloyatida gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish haqidagi Prezident qarori imzolandi.

Turkiyaning “Hidro Enerji Elektrik Uretim Sanayi A.Ş.” kompaniyasi Xorazm viloyatida quvvati 174 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasini amalga oshiradi.

Bunga 105 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etiladi.

Turkiya kompaniyasi elektr stansiyasini loyihalashtiradi, moliyalashtiradi, quradi va 25 yil davomida ekspluatatsiya qiladi.

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini oladi va elektr energiyasi uchun toʻlovni milliy valyutada amalga oshiradi.