Suhbat chogʻida ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli Oʻzbekiston-Turkiya munosabatlari barcha sohalarda jadal rivojlanayotgani taʼkidlandi.

Taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada faollashtirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Turkiya delegatsiyasining Oʻzbekistonning tegishli vazirlik va idoralarida boʻlajak uchrashuvlari oʻzaro tajriba almashish va kadrlar tayyorlash, oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, ilgʻor taʼlim texnologiyalarini joriy etish boʻyicha hamkorlikning aniq rejalarini belgilash imkonini berishiga ishonch bildirildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.