“Turkiya Prezidenti Erdog'anning Isroilga bostirib kirish tahdidi va uning xavfli ritorikasidan kelib chiqqan holda, Tashqi ishlar vaziri Israel Kats diplomatlarga zudlik bilan NATOning barcha a'zolari bilan bog'lanishga ko'rsatma berib, Turkiyani muhokamaga qo'yib, uni mintaqaviy ittifoqdan chiqarib tashlashni talab qildi”, deya Tashqi ishlar vazirligi bayonotidan iqtibos keltiradi The Jerusalem Post gazetasi.
28-iyul kuni Erdo'g'on Turkiya bir paytlar Tog'li Qorabog' va Liviyaga kirgani kabi “Isroilga ham kirishi” mumkinligini aytdi. Uning fikricha, turklar “bunday qadamlar tashlash uchun faqat kuchli bo'lishlari kerak”. Bunga javoban Kats Turkiya rahbariga Iroqning ag'darilib, qatl etilgan sobiq yetakchisi Saddam Husayn taqdirini takrorlashi mumkinligi bilan tahdid qildi.
Isroil va Turkiya o'rtasidagi munosabatlar 2023-yil oktabr oyida boshlangan Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan keyin keskin yomonlashdi. Tomonlar bir-birga qarshi bir necha bor keskin bayonotlar va ayblovlar bilan chiqishdi. 2023-yil oktabr oyi oxirida Isroil TIV “Isroil-Turkiya munosabatlarini qayta ko'rib chiqish uchun” diplomatlarni Anqaradan chaqirib olganini e'lon qildi. Turkiya ham Tel-Avivdagi elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirib oldi, deb xabar beradi tass.ru.