Turkiya: neft qudug'ida portlash yuz berdi, qurbonlar va jarohatlanganlar bor

    Turkiyaning Diyorbakir shahrida neft qudug'ini burg'ilash vaqtida portlash sodir bo'ldi.

    Hodisa oqibatida bir kishi hayotdan ko'z yumdi.

    Qayd etilishicha, marhum Ihson Tunarning oilasi voqea joyiga ketayotib yo'l-transport hodisasiga uchragan. Oqibatda uch kishi jarohatlangan.

    Neft qudug'i Türkiye Petrolleri Anonim Ortaklığı (TPAO) kompaniyasiga tegishli, deb xabar beradi report.az.