“YEr ostida odamlar bo'lishi mumkin, ularning soni hozircha noma'lum. Kon hududiga qutqaruv bo'linmalari yuborildi”, dedi viloyat gubernatori Hamza Aydo'g'du televidenie orqali.
Turkiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Yerlikayaning aytishicha, konda jami 667 kishi ishlaydi: “To'qqiz nafar ishchi haqida hozircha ma'lumot yo'q. Ularni qidirish uchun 400 kishilik qutqaruv bo'linmalari safarbar etilgan”, deb yozdi u, X (oldingi Twitter) da.
Turkiya Adliya vazirligi rahbari Yilmaz Tunch hodisa yuzasidan ma'muriy tergov boshlanganini, uni to'rt nafar prokuror olib borayotganini ma'lum qildi.
Turkiya Favqulodda vaziyatlar departamenti ma'lumotlariga ko'ra, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 14:00 atrofida sodir bo'lgan. Qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish uchun qo'shni viloyatlardan bo'linmalar jalb qilingan.
Kon Ilich uyezdida joylashgan bo'lib, 2010-yilda ish boshlagan. Uni boshqarayotgan kompaniya 2022-yilda sianid yordamida oltin qazib olgani uchun jarimaga tortilgandi, deb xabar beradi tass.ru.