Turkiya Oʻzbekiston bilan tajriba almashishga tayyor

    Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va kuchaytirish borasida dastur shakllantirilib “Yakka Tom” modelini yaratish yoʻlida ilk qadamlar qoʻyildi.

    Turkiya Jumhuriyatining “Xalqaro qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat konfederatsiyasi” (TARIMKON) raisi Hakan Yuksal va “Oʻzbekiston Eksportchilar Uyushmasi”ning Turkiya Biznes Elchisi Baxtiyor Qalandarov bilan birgalikda TARIMKONning Anqara shahridagi markaziy ofisida rasmiy uchrashuv oʻtkazildi.

    Boʻlib oʻtgan uchrashuvda Turkiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi aloqalarni yana-da mustahkamlash uchun Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va kuchaytirish borasida dastur shakllantirilib “Yakka Tom” modelini yaratish yoʻlida ilk qadamlar qoʻyildi.

    Hakan Yuksal TARIMKON tomonidan Oʻzbekiston dexqonlari va fermerlariga foydali boʻladigan barcha yordam va Turkiya tajribalarini joylarda qilingan yuqori texnologik va unumdorlik natijalarini koʻrsatib, tushuntirib va barcha dasturlarni oʻrgatishga tayyorligini bildirdi.

    “TARIMKON” va “Oʻzbekiston Eksportchilar Uyushmasi” orasida tashkil qilinadigan hamkorlik shartnoma (Memorandum) da Turkiyadan Oʻzbekistonga yoki Oʻzbekistondan Turkiyaga moʻljallangan hamkorlik natijalariga koʻra, kompaniyalar muvofiqliligi va ishonchliligini tasdiqlash va faoliyatini cheklash masalasi boʻyicha muzokaralar olib borildi.