Turkiya parlamenti Shvetsiyaning NATO a'zoligini ratifikatsiya qilishni ma'qulladi

    Turkiya buyuk millat majlisi Shvetsiyaning NATOga a'zoligini ratifikatsiya qilishni ma'qulladi.

    346 deputatdan 287 nafari tashabbusni qo'llab-quvvatladi, 55 nafari qarshi chiqdi, to'rt nafari betaraf qoldi.

    Parlament qarori mamlakat Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an tomonidan imzolangan farmondan so'ng kuchga kiradi. Hujjat rasmiy hukumat nashri – Resmi Gazeteda e'lon qilinadi. Davlat rahbari farmonni imzolash masalasini 15 kun ichida ko'rib chiqishga haqli.

    Shvetsiya 2022-yil may oyida Finlyandiya bilan birgalikda Shimoliy Atlantika alyansiga ariza topshirdi. Finlyandiya o'tgan yilning 4-aprelida blokning 31-a'zosiga aylandi. Stokgolm Vengriya va Turkiyadan hali yakuniy ruxsat olmagan. Anqara so'rovning ratifikatsiya qilinishini Stokgolmning terrorizmga qarshi kurash bo'yicha va'dalarini bajarishi bilan bog'laydi.

    Iyul oyida Shvetsiya Yevropa Ittifoqi a'zosi sifatida mamlakatning NATOga arizasini ratifikatsiya qilish evaziga Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonini osonlashtirishga rozi bo'lgan edi. Alyans Bosh kotibi Yens Stoltenberg Shvetsiyaning blokka qo'shilishi va Turkiyaning Yevropa Ittifoqqa qo'shilishi masalalari “bir-biriga bog'liq emas”ligini ta'kidladi, deb xabar beradi ria.ru.