Turkiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga keldi

    Harbiy 23 Mart 2021 1768

    Bugun, 23-mart kuni Turkiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi armiya generali Yashar Guler rahbarligidagi Turkiya delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

    Tashrif davomida Turkiya delegatsiyasi rahbari Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining xabariga koʻra, Turkiya delegatsiyasi vakillari tashrif davomida Toshkentdagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishi, shuningdek, “Termiz” poligonida oʻtkazilayotgan oʻzbek—turk qoʻshma taktik oʻquvlarini kuzatishi kutilmoqda.