Tavallud kuningiz bilan chin qalbimdan muborakbod etib, Siz Janobi Oliylariga yaqinlaringiz bilan birgalikda sihat-salomatlik va osoyishtalikka toʻla uzoq umr tilayman.
Mushtarak tariximiz va chuqur ildiz otgan rishtalarimizdan kuch oluvchi munosabatlarimiz Siz Janobi Oliylarining ulkan hissasi tufayli ikki va koʻp tomonlama shakllarda, jumladan, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida ham jadal rivojlanayotgani bizga cheksiz quvonch bagʻishlaydi.
Oʻtgan oy Siz bilan birgalikda oʻtkazgan Turkiya-Oʻzbekiston Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining III yigʻilishi asnosida yurtimizga amalga oshirgan tashrifingizdan bagʻoyat mamnun boʻldim. Doʻstlik va birodarlikka tayangan yaqin munosabatlarimiz kelgusida ham barqaror ravishda mustahkamlanishda davom etishiga boʻlgan ishonchimni yana bir bora taʼkidlashni istardim.
Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, doʻst va birodar oʻzbek xalqiga farovonlik va omonlik tilayman.
Chuqur hurmat bilan,
Rejep Tayyip Erdogʻan,
Turkiya Respublikasi Prezidenti