Turkiya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot oʻtkazildi

    Xalqaro hamkorlik 6 Yanvar 2023 2016

    2023-yil 6-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov va Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushogʻli oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.

    Suhbat avvalida Turkiya TIV rahbari Baxtiyor Saidovni yuqori masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, unga muvaffaqiyatlar tiladi.

    Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uning rivojlanish istiqbollarini koʻrib chiqdilar.

    Turli daraja va shakllarda boʻlib oʻtadigan qoʻshma tadbirlarning tashkiliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

    Muloqot chogʻida ham ikki tomonlama shaklda, ham xalqaro tuzilmalar doirasida Oʻzbekiston-Turkiya aloqalarini yanada mustahkamlash va kengaytirish boʻyicha takliflar muhokama etildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati..