Oʻrta Chirchiq tumani “Yangiyoʻl” mahallasida tadbirkor Ravshan Toʻrayev 1 million 300 ming dollar miqdoridagi kredit mablagʻi evaziga Turkiya texnologiyasi asosida ikki gektar maydonda zamonaviy issiqxona barpo qildi.

“Avangard – Agro — Impeks” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi issiqxonada barcha yumushlar raqamlashtirilgan texnologiyalar asosida amalga oshirilib, mahalladagi 20 nafar xotin-qiz ish bilan taʼminlandi.

Vitaminlarga boy boʻlgan bodringlar asosan Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinishi koʻzda tutilgan. Bu yerda gektaridan 100 tonna hosil olinishi moʻljallangan.

Turkiyadan urugʻ olib kelinib, koʻchatlari yurtimizda parvarishlanayotgan bodringlar qariyb uch oy davomida yetiladi va keyingi mavsumga pomidor ekishga hozirlik koʻriladi, deb xabar beradi Toshkent viloyati matbuot xizmati.