Qayd etilishicha, 25-avgust kuni kechqurun vazir X ijtimoiy tarmog'ida poytaxt Anqara yaqinidagi katta yo'l bo'ylab ketib, xalq qo'shiqlari va Prezident Rejep Tayyip Erdog'an nutqidan parchalarni tinglayotgani aks etgan videoni joylashtirgan.
Spidometr tasodifan ko'ringan bir nechta alohida kadrlarda u avtomoshinada soatiga 190 dan 225 kilometr tezlikda harakatlangani qayd etilgan. Turkiyadagi ushbu trassada tezlik chegarasi 140 soatiga kilometrni tashkil qiladi.
Keyinroq Uralo'g'lu tezlikni oshirgani uchun jarimaga tortilganini tan olib, videoni qayta joyladi. Uning ta'kidlashicha, videoni joylashtirish orqali u o'zining qoida buzganini oshkor qilgan.
“Men Anqara-Nigde avtomagistralini tekshirish uchun rulga o'tirdim va tasodifan qisqa vaqt ichida tezlikni me'yordandan oshirdim. Videom bilan qoidani buzaganimni oshkor qildim”, deb yozdi u.
U e'lon qilgan jarima xabarnomasining nusxasi uning soatiga 225 tezlikda harakatlanganini va 9267 turk lirasi (225 AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortilganini tasdiqlaydi.
Vazir ehtiyotroq bo'lishga va'da berdi va belgilangan tezlikka amal qilish hamma uchun majburiy ekanligini ta'kidladi, deb xabar berdi korrespondent.net.









