Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, dam olish va hordiq chiqarish uchun chet yelga sayohat qilishning eng katta ulushi 10 mamlakat hissasiga toʻgʻri keladi.
Bular Turkiya (220 ming kishi), BAA (99 ming), Saudiya Arabistoni (55 ming), Misr (31,7 ming), Quvayt (14,3 ming), Koreya Respublikasi (10,9 ming), AQSH (9,5 ming), Gruziya (6,8 ming), Hindiston (5,6 ming) va Germaniya (4,2 ming nafar) mamlakatlaridir.