Ushbu fuqarolar pandemiya sababli ishsiz va turar-joysiz qoladi.

Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan fuqarolarning farzandlariga “Vatanga qaytish guvohnomasi” rasmiylashitirib berildi, deya xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Xalqaro migratsiya tashkiloti hamkorligida 1-iyun kuni Istanbul-Toshkent, Samara-Moskva-Toshkent aviareyslari orqali Oʻzbekistonga qaytarildi.

Fuqarolarni Toshkent xalqaro aeroportida Agentlik masʼul xodimlari kutib olib, doimiy yashash manzillariga kuzatib qoʻydi.