Turkiyada kuchli zilzila sodir bo'ldi

    Turkiya g'arbidagi Manisada 5 magnitudali zilzila yuz berdi.

    Bu haqda Qandilli rasadxonasi va Turkiya zilzilalarni o'rganish instituti ma'lum qildi.

    Ma'lumotlarga ko'ra, yer silkinishlari mahalliy vaqt bilan 01:36 da qayd etildi, manba 12,7 kilometr chuqurlikda, o'chog'i Soma aholi punkti yaqinida joylashgan.

    Turkiya Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi (AFAD) zilzila kuchini 4,8 magnitudali deb baholadi.

    Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumotlar yo'q, deb xabar beradi report.az.