Bu haqda Turkiya energetika vazirligi rahbari Alparslon Bayraktar ma'lum qildi.
Avvalroq Turkiya hukumati atom elektr stansiyasiini milliy bayram – 29-oktabr Turkiya Respublikasi kunida ishga tushirishni mo'ljallagan edi. Biroq, keyinchalik ular Germaniyadan uskunalar yetkazib berish bilan bog'liq muammolar tufayli, sanalar keyinroqqa ko'chirilishi mumkinligi haqida ma'lum qilishdi, deb xabar beradi report.az.
“Akkuyu atom elektr stansiyasining birinchi energoblokini 2025-yilda, barcha to'rtta energoblokini 2028-yilga qadar ishga tushirish rejalashtirilgan. AES to'liq ishga tushirilgach, u Turkiyaning elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojining 10 foizini qondira oladi”, deya vazirning so'zlaridan iqtibos keltirgan Aksam gazetasi.
Uning so'zlariga ko'ra, Turkiyaning atom energiyasidan foydalanishga o'tishi atmosferaga karbonat angidrid chiqindilarini yiliga 30 million tonnaga kamaytiradi. “Bu Turkiyaning energiya xavfsizligini ta'minlash va iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish nuqtai nazaridan juda muhim”, dedi vazir.