баннер
30 Mar 2025
17:38

    Turkiyada aroqdan zaharlanib vafot etgan oʻzbekistonliklar soni 17 nafarga yetdi

    Shu yilning 18-yanvar kuni Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik isteʼmol qilish oqibatida yana 3 (uch) nafar Oʻzbekiston fuqarosi (barchasi erkak) vafot etdi.

    Qayd etilishicha, 18-yanvar holatiga koʻra, spirtli ichimlikdan zaharlanish sababli vafot etgan fuqarolarimizning umumiy soni 17 nafarga yetdi.

    Bosh konsulxona tomonidan qalbaki spirtli mahsulotlarni isteʼmol qilish natijasida vafot etgan vatandoshlarimizning jasadlarini Oʻzbekistonga yuborish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilmoqda hamda oila aʼzolariga kerakli yordam koʻrsatilmoqda.

    Shu bilan birga, Istanbul hududidagi shifoxonalarning jonlantirish boʻlimlarida qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanib davolanayotgan fuqarolarimiz soni 5 nafarga yetdi. Konsulxona xodimlari ushbu vatandoshlarimizning holidan xabar olib, ularning yaqinlari va shifoxona maʼmuriyati bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi.

    Bosh konsulxona diplomatlari mazkur holat yuzasidan Istanbul hokimligi, sogʻliqni saqlash boshqarmasi, sud-tibbiy ekspertiza markazi hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan muntazam aloqada boʻlib turibdi.

    Har qanday holatda ham zaharlanish alomatlari sezilganda 112 qisqa raqami orqali tez tibbiy yordam chaqirtirilishi hamda shifoxonaning “qizil hududi” (“kırmızı alan”) orqali qabul qilinishi lozim. Bu xizmat bepul ekanligini eslatib oʻtamiz, — deyiladi xabarda.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech