Qayd etilishicha, ushbu holat Istanbul shahrining Aksaray tumanida, sotib olingan spirtli ichimlikni isteʼmol qilish oqibatida yuzaga kelgan.
Vafot etgan fuqarolarimiz asosan 35–40 yoshdagi erkaklar boʻlib, ularning barchasi voyaga yetmagan farzandlarni yetim qoldirdi.
Shu munosabat bilan, Istanbul shahridagi Bosh konsulxona barcha fuqarolarni spirtli ichimliklardan tiyilishga va ehtiyotkorlikka chaqiradi.
Salomatlikka tahdid soluvchi har qanday vaziyatda zudlik bilan yaqin shifoxonaga murojaat qilishingiz va Bosh konsulxona bilan bogʻlanishingiz tavsiya etiladi, — deyiladi xabarda.