Turkiyada bo'lib o'tgan prezidentlik saylovining rasmiy natijalari e'lon qilindi

    Turkiya Oliy saylov komissiyasi respublikada bo'lib o'tgan prezidentlik saylovining rasmiy natijalarini e'lon qildi.

    “28-may kuni bo'lib o'tgan prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi bo'yicha barcha da'volarni ko'rib chiqdik va natijalarni sarhisob qildik: Rejep Tayyip Erdog'an uchun 52,18 foiz, Kamol Qilichdaro'g'li uchun 47,82 foiz ovoz berildi”, dedi Oliy saylov komissiyasi rahbari Ahmet Yener.

    Shuningdek, saylovlarda 84,15 foiz, xorijiy vakolatxonalar va chegara punktlarida 56 foiz saylovchi ishtirok etgani ma'lum qilindi.

    Turkiya va xorijda jami 54 million nafardan ortiq kishi ovoz berdi, ulardan 27,8 million nafari Erdog'anni, 25,4 million nafari Qilichdaro'g'lini qo'llab-quvvatlab ovoz berdi, deb xabar bermoqda mir24.tv.