Yoʻlak dengiz sohiliga parallel ravishda avtotrassa boʻylab ketgan. U Samandagʻ va Arsuz aholi punktlarini bir-biri bilan bogʻlaydi.

Xataye viloyati gubernatori Rahmi Doʻganning taʼkidlashicha, veloyoʻlakni ikki yoʻnalish boʻyicha qoʻllash mumkin. Shu sababli 52 km uzunlikka ega marshrut hosil boʻladi.

Velosipedchi Tolga Ozchelikning soʻzlariga koʻra, ushbu boʻlak sayyohlar uchun ham, mahalliy aholi uchun ham muhimdir.

“Yagona salbiy tomoni shundaki, baʼzi haydovchilar ogohlantiruvchi belgilarsiz yoʻlni kesib oʻtishadi”, dedi u.

Veloyoʻlak boʻylab 5 ta dam olish joyini tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, joriy yildayoq unda milliy va xalqaro musobaqalar oʻtkazilishi kutilmoqda.

2023-yilga kelib, mamlakatda 4,775 kilometrlik velosiped yoʻllarini yaratish rejalashtirilgan.