Bu haqda Bosh konsulxona xabar berdi.
Shu yilning 4-oktyabr kuni Bosh konsulxonaga soat taxminan 20:05 larda 74 yoshli fuqaro K.G. Istanbulda pulsiz va hujjatsiz qiyin ahvolda qolgani sababli Oʻzbekistonga qaytishda yordam berishni soʻrab murojaat qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, shu yilning 27-sentyabr kuni yurtdoshimiz Toshkentdan Istanbulga sayyoh sifatida uchib kelgan, va shu yilning 4-oktyabr kuni Turkiyadagi savdo shoxobchalarining birida oʻziga tegishli boʻlgan hamyonini oʻgʻirlatib qoʻygan.
Bosh konsulxona murojaatchining yoshi va qoʻlida qaytish chiptasi borligini inobatga olib, zudlik bilan vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib fuqaroni aeroportga kuzatib qoʻydi.