Qayd etilishicha, Antakyadagi Xatay aeroporti hozirda yagona uchish-qoʻnish yoʻlagiga jiddiy zarar yetgani sababli yopiq.

Turkiyaning Gaziantep viloyatidagi shu nom bilan ataladigan aeroportda esa fuqaro aviatsiyasi parvozlari toʻxtatildi.

Eslatib oʻtamiz, Turkiya va Suriyada sodir boʻlgan zilzila natijasida koʻplab binolar qulagan, qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Zilzila shunchalik kuchli boʻldiki, silkinishni Livan, Iordaniya va Isroil aholisi his qildi.

Turkiyada 284 kishi halok boʻldi, kamida 2323 kishi yaralandi, deyiladi korrespondent.net saytida.