Departament saytida bloklanish sabablari va uning qancha vaqt davom etishi haqida ma'lumot berilmadi.
Turkiya matbuotiga ko'ra, Turkiya axborot texnologiyalari va aloqa boshqarmasi sayti bugun ertalab Instagramga kirish bloklangani haqida xabar berdi.
Qaror qabul qilingandan keyin Instagram tarmog'iga kirish mamlakatning barcha aholisi uchun imkonsiz bo'lib qoldi. Foydalanuvchilar Instagramga VPN va boshqa muqobil usullar orqali kirishga harakat qilmoqda.
2-avgust kuni ertalabdan boshlab, Turkiya axborot texnologiyalari va aloqa boshqarmasi saytida bu taqiq qancha davom etishi yoki taqiqning sababi haqida hech qanday ma'lumot yo'q, deb xabar beradi report.az.