Payshanba kuni Turkiya Ichki ishlar vazirligi koronavirusning tarqalishiga qarshi kurash doirasida butun mamlakat bo'ylab epidemiyaga qoidalarga qay darajada rioya etilayotgani yuzasidan eng katta tekshiruvini boshladi.

Bu haqda payshanba kuni ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu o'zining Twitterdagi sahifasida ma'lum qildi. 

Bozorlar va do'konlar, korxonalar, restoranlar, kafelar va jamoat transporti tekshiruvdan o'tkaziladi. Bu yo'llar va taksilarga ham tegishli. Turli darajadagi mansabdor shaxslar va mamlakat Ichki ishlar vazirligi xodimlari ko'plab ob'ektlarni ko'zdan kechiradi.

Avvalroq, Turkiya Sog'liqni saqlash vazirligi kurortlarda koronavirus tarqalishi haqidagi xabarlarni rad etgan edi. Turkiya Sog'liqni saqlash vazirligi vakilining ta'kidlashicha, bunday holatlar ko'payishi kurort hududlarida emas, balki yirik shaharlarda qayd etilmoqda.