Zilzila epitsentri shahardan 27 kilometr uzoqlikda, oʻchogʻi esa 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Shundan soʻng yana 6,7 ​​magnitudali zilzila sodir boʻldi. U Gaziantep shahridan 58 kilometr uzoqlikda qayd etilgan.

Turkiyaning yetti viloyatida sodir boʻlgan 7,4 magnitudali zilzila oqibatida 76 kishi halok boʻldi, 440 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda ANADOLU.

Yarim soat davomida yer silkinishlari Turkiyaning turli hududlarida – Adana, Anqara, Antaliya, Kayseri, Mersin, Trabzon, Urfada sezildi. Hozirda jabrlanganlar haqida maʼlumot olinmagan.

Shanliurfa viloyatida esa 16 uy vayron boʻlgan. Mahalliy hokimiyat mahalliy aholini xavfsiz joylarga koʻchishga chaqirmoqda.

Turkiyaning Diyorbakir viloyatida sakkiz qavatli bino qulab tushdi. Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Qutqaruvchilarga yaqin atrofdagi uylar aholisi yordam bermoqda.

Vayronagarchilik Suriya bilan chegaradagi Xatay viloyatida qayd etilgan. Yer silkinishi natijasida kamida bitta bino butunlay vayron boʻlgan.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon mamlakat janubi-sharqidagi zilzila bilan bogʻliq vaziyatdan xabardor, deya xabar qildi hukumatdagi manba. Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu mamlakatning bir nechta mintaqalarida bir vaqtning oʻzida sodir boʻlgan kuchli zilzilalar tufayli eng yuqori darajadagi ogohlantirish eʼlon qilinganini maʼlum qildi.

Yaqin Sharq ommaviy axborot vositalari zilzila Iroq, Livan va Suriyaning ayrim hududlarida ham sezilganini xabar qildi. Yer silkinishlari bir necha bor takrorlangan. Zilzila natijasida Latakiya chekkasida bino qulab tushdi, yana bir nechtasi koʻzga koʻrinarli darajada zarar koʻrdi.

Shahar va unga yaqin joylashgan ayrim aholi punktlari aholisi vayronalar ostida qolishdan qoʻrqib, koʻchalarga chiqdi. Shuningdek, Halabning Fardus, Saloheddin va Buston al-Qasr kabi baʼzi hududlarida koʻp sonli binolar qulab tushdi. Xamadagi Al-Arbain kvartalidagi bir nechta binolar qisman qulab tushdi. Voqea joyida oʻt oʻchiruvchilar va qutqaruvchilar bor, ular vayronalar ostidan jabrlanganlarni olib chiqishadi, deyiladi uzdaily.uz saytida.